AQSh Qurolli kuchlari Afg‘onistonning Nangarxar provinsiyasida “Islom davlati” terroristik guruhining mahalliy bo‘linmasiga qarshi o‘ta kuchli GBU-43 fugas aviatsion bombasini qo‘lladi, deb xabar qildi AQSh Mudofaa mahkamasi matbuot xizmati.

Aviazarba mahalliy vaqt bilan 19:32 da Idning Afg‘oniston va Pokistonda harakatlanuvchi “Viloyat Xorasan” deb nomlanuvchi bo‘linmasining “tunnel majmuasi"ga berilgan.

Pentagondan qayd etilishicha, aviazarba berish jarayonida Afg‘on va Amerika QK uchun barcha xatarlar minimallashtirilgan, ayni paytda ID va uning ob’ektlariga maksimal darajada ziyon yetkazilgan". AQSh tinch aholi vakillari orasida qurbonlar bo‘lmasligiga katta e’tibor qaratgani, Afg‘onistonda ID yo‘q qilinmagunga qadar hujumkor operatsiyalar davom ettirilishini ma’lum qilgan.

Amerika OAVlari tomonidan mazkur qo‘llanilgan aslaha “yadroviy bo‘lmagan bombalar ichida eng kuchlisi” deb baholanmoqda.

GBU-43/B Massive Ordnance Air Blast Bomb vazni 9,5 tonnani tashkil etadi. U sun’iy yo‘ldosh kuzatish tizimi bilan ta’minlangan.