Haydovchilar Toshkent chorrahalaridagi kameralar tomonidan qayd etilgan yo‘l harakat qoidalari buzilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni bilishlari mumkin bo‘lgan resurs aprel oyi so‘ngiga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) ishga tushiriladi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi mutaxassisi Aziz Azimov «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

«YAIDXPdagi bo‘lim 20 apreldan keyin 1 maydan kech bo‘lmagan muddatda ishga tushiriladi. Birinchi bosqichda foydalanuvchilar shaxsiy kabinet orqali kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar — qaror raqami, jarima miqdori, vaqtini bilishlari mumkin. Yaqin kunlarda boshqa qoidabuzarliklar turlari (nafaqat kameralar qayd etgan — tahr.) ham qo‘shilib, resurs funksionalligi kengaytiriladi».

Jumladan, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarni SMS orqali ogohlantirish imkoniyatini joriy etish rejalashtirilmoqda. Aziz Azimovning aniqlik kiritishicha, qoidabuzarlik sodir etilgan holatning rangli tasvirlari loyihaning ikkinchi bosqichida taqdim etish boshlanadi.