O‘zbekiston Adliya vazirligi shaharlik bo‘lmaganlar va chet elliklarga Toshkent va Toshkent viloyatida yangi qurilayotgan uylardan xonadon olish yo‘li bilan propiskaga ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi normativ-huquqiy aktlarning ikkita loyihasini ishlab chiqdi.

Norma.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, birinchi hujjatda Soliq kodeksining 338-moddasidan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar joy, kvartira, dala hovli, garaj, boshqa imorat, bino va inshootlarni o‘z ixtiyoridan chiqarish shartnomasini tasdiqlatish uchun davlat bojining miqdori umumiy yoki turar joy maydonidan kelib chiqib hisoblanishi haqidagi umumiy qoidani mustasno qilish taklif qilindi. Bu shaharlik bo‘lmaganlar va chet elliklarga shartnoma qiymatiga bog‘liq ravishda davlat bojini to‘lashning yangi mexanizmini joriy etish uchun zarur.

Ikkinchi loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga qo‘shimchalar kiritiladi.

Xususan, Toshkent va Toshkent viloyatida yangi qurilgan inshootlardagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi kelishuvlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish poytaxt hududida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs qiymati eng kam ish haqining 2000 barobaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan inshootlardan ko‘chmas mulkka bank hisobi orqali to‘lovni amalga oshirgan holda ega bo‘lishini amalga oshirish taklif qilinmoqda.

Bu miqdordagi pulga esa Toshkent va viloyatiga O‘zbekistonning boshqa hududlaridan kelgan va mazkur hududda doimiy propiskaga ega chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ko‘chmas mulkka ega bo‘lishlari mumkin.

Toshkent va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va istiqomat uchun guvohnoma olgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar poytaxt hududida propiskaga ega bo‘lishlari uchun yangi qurilgan inshootlardan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha 100 ming dollardan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni bankdagi hisob orqali to‘lovni amalga oshirgan holda olishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da boshqa hududlardan bo‘lganlar va xorijliklarga Toshkent va Toshkent viloyatida propiska olish uchun qiymati eng kam ish haqining 2 ming barobari miqdoridan kam bo‘lmagan yangi uy-joyni xarid qilish ko‘chmas mulk narxining 5−10 foizi miqdorida davlat bojini o‘rnatish orqali taqdim etish imkoniyati nazarda tutilgan.

Yuqorida taklif etilgan o‘zgarishlar muhokamasi 26 aprelga qadar davom etadi.