O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Toshkentning Chilonzor tumani bo‘ylab safari jarayonida tumanning ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha loyiha bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra 2017−2018-yillarda tumandagi barcha ichki yo‘llar to‘liq ta’mirlanadi, deb xabar qildi O‘zA.

Davlat rahbari loyiha bilan tanishar ekan, yo‘llarning sifati va zamonaviyligiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Katta bino va inshootlar, bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetishmasligi muayyan noqulayliklar tug‘dirayotganligini ko‘rsatmoqda. Prezidentga katta bino va inshootlar oldida maxsus avtoturarjoylar loyihasi haqida axborot berildi.