2017-yilgi Osiyo chempionlar Ligasining to‘rtinchi turida Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Eronning “Esteglal” jamoasi bilan durang o‘yin olib bordi. 11-aprel kuni poytaxtning “Lokomotiv” stadionidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

O‘yindagi hisobni birinchi bo‘lib maydon egalari ochdi. 13-daqiqada “temiryo‘lchilar” yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov jarima maydonchasiga a’lo darajada uzatgan to‘pni raqibidan ilgarilab kelayotgan Marat Bikmayev tutib oldi va raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo uchrashuv yakuniga olti daqiqa qolganida Kavex Rezai hisobni tenglashtirdi.

To‘rtinchi tur natijalariga ko‘ra, “Lokomotiv” “A” guruhida 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallamoqda. Jadvaldagi peshqadamlikni “Esteglal” saqlab qoldi (7). Saudiya Arabistonining “Al-Taavun” (4) va BAAning “Al-Ahli” (4) jamoalari zaxiradagi bir o‘yin bilan tegishlicha ikkinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallashmoqda.

Statistika

Video