Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirol Kubogi nomi bilan mashhur Thailand Invitation International Boxing Tournament {5abfb1e4} musobaqasida yettita medalni qo‘lga kiritdi. 3−9 aprel kunlari Bangkokda bo‘lib o‘tgan musobaqada 18 mamlakatning yetti nafardan {1868aefb} ishtirok etdi.

O‘zbekistonning barcha yetti vakili uch bronza, uch kumush va bir oltin medalni qo‘lga kiritgan holda to‘liq tarkibda sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Foto: fb.com/100008283270067

Yarim final bosqichida Jasurbek Latipov (52 kg gacha) va Murodjon Ahmadaliyev (60 kg gacha) tailandlik Tanesa Ongjunt va Somchay Vongsuvandan mos ravishda mag‘lubiyatga uchradi. Shahobiddin Zoirov (56 kg gacha) tailandlik Butdi Chatchaya qarshiligini yenga olmadi.

Final janglarida tailandlik Masuk Vuttichaydan mag‘lubiyatga uchragan Elnur Abduraimov (64 kg gacha), hindistonlik Shuam Kumar Kakaradan yengilgan Hasanboy Do‘smatov (49 kg gacha) hamda qozog‘istonlik Sadriddin Ahmedovdan mag‘lub bo‘lgan Shahram G‘iyosov (69 kg gacha) kumush medal bilan cheklandi. Milliy terma jamoa murabbiyi buni o‘z shogirdlarining 22 aprel kuni Toshkentda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi Jahon boks {442fb6f9} so‘nggi saralash uchrashuvi arafasida tavakkal qilmaslikni xohlagani bilan izohladi.

Isroil Madrimov esa oltin medal uchun kechgan jangda kubalik Ozli Iglesias Estradani mag‘lubiyatga uchratdi.

Video