«Paxtakor» futbol klubi ta’sischilar tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga yaqin emas, deya ma’lum qildi jamoa matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Avvalroq Championat.asia sayti rossiyalik milliarder Alisher Usmonov «Paxtakor» aksiyalarining bir qismini sotib olgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edi.

«Paxtakor» mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lib, 100 foizlik ta’sischi — Toshkent shahar hokimiyati hisoblanadi", — deya qayd etdi klub vakili.

Matbuot xizmatidan ta’kidlanishicha, xabar yuzasidan sudga murojaat qilish huquqi saqlab qolinadi.