O‘zbekiston IIVning qator bo‘linmalariga yangi boshliqlar tayinlandi, deb xabar qildi «Postda» gazetasi.

Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Farhod Sidiqov boshliq bo‘ldi. Urganch shahar IIBga esa podpolkovnik Ilhom Tojimurodov rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tuman IIBga — podpolkovnik Valijon Ibragimov, Navoiy viloyati Qiziltepa tuman IIBga — podpolkovnik Yunus Eshmuratov, Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman IIBga — podpolkovnik Sirojiddin Mamadaliyev, Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIBga — podpolkovnik Salohiddin Sharipov va shu viloyatning Nishon tumani IIBga — podpolkovnik Mahmanazar Xolmurodov boshliq etib tayinlandi.