O‘zbekiston Prezidentining 6 apreldagi qarori bilan Ravshan Usmonov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Ravshan Usmonov (1978 yilda tug‘ilgan) — Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi.

Joriy tayinlovga qadar u O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi (2012 yil avgustdan), shuningdek, Portugaliyada (2013 yil oktyabrdan) va Italiyada (2014 yil iyundan) o‘rindoshlik asosida elchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.