O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni mamlakat Konstitutsiyasiga sud tizimidagi yangilanishlarni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilishini tasdiqladi.

O‘zgartishlar Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 va 112-moddalariga taalluqli. Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy sud tizimida yagona oliy sud hokimiyati organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi.

Yangi institut — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud kengashi tashkil etilmoqda. U sud hamjamiyati organi hisoblanib, O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsion tamoyillariga rioya etilishini ta’minlashda ko‘mak ko‘rsatadi.

Qonun ayrim istisnolar, jumladan 1 iyundan amalga tadbiq etiluvchi ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilishini hisobga olingan holda 7 apreldan kuchga kirdi.