Adham Ikromov O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari hamda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ning hukumatdagi manbasi xabar qildi.

Adham Ikromov bungacha (2012 yildan beri) O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Hukumatda u sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga rahbarlik qilayotgan edi.

2016 yilning dekabridan 2017 yilning fevraliga qadar u bir vaqtning o‘zida Sog‘liqni saqlash vazirligiga ham rahbarlik qildi. U 2009−2012 yillarda ham sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.

Adham Ikromov Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimida Mannon Aliyev o‘rnini egalladi.