“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 11-apreldan Dushanbega (Tojikiston) doimiy parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Dushanbega doimiy reyslar A320 laynerlarida quyidagi jadval bo‘yicha haftasiga ikki marotaba amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

Seshanba

HY717: Toshkent (07:20) — Dushanbe (08:20)

HY718: Dushanbe (09:50) — Toshkent (10:50)

Shanba

HY717: Toshkent (11:10) — Dushanbe (12:10)

HY718: Dushanbe (13:40) — Toshkent (14:40)

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston poytaxtiga birinchi reys 4 aprelga mo‘ljallangan edi, biroq amalga oshmadi.