Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi yangi mavsumdagi mag‘lubiyatlar seriyasidan so‘ng bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiyni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Ravshan Haydarov yangi murabbiy etib tayinlandi, deb xabar qildi klub matbuot xizmati.
Jamoa rahbariyati «Paxtakor» Qashqadaryoning «Mash’al» klubidan mehmonda 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng futbolchilar ustozini almashtirish qaroriga keldi. Ayni paytda to‘rt turdan so‘ng jamoa 4 ochko bilan 10-o‘rinni band etib turibdi.

Ravshan Haydarov 2006—2007 va 2010−2011 yillarda «Paxtakor"ni boshqarib, ikki marotaba O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘alaba qozongan.