5 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida joylashgan yangilangan BMT Ekobog‘ining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bu yerda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi — Ekobog‘ hududida yo‘loklar barpo etilib, o‘rindiqlari bo‘lgan pavilon qurildi.

Ekobog‘ endilikda tashrif buyuruvchilarga 17 ta BMT Barqaror rivojlanish maqsadi haqida ma’lumot beradi. Buning uchun ko‘kalamzorlashtirilgan hududda axborot to‘sinlari o‘rnatildi. Bu BMTning Markaziy Osiyoda shu turdagi birinchi loyihasi hisoblanadi.

Ekobog‘ 2015 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan edi. O‘shanda BMTning 12 ta agentlik va dasturlarida faoliyat ko‘rsatuvchi 200 nafardan ziyod xodim Ekobog‘ hududida 370 tup daraxt ko‘chatini o‘tqazgan edi.

Foto