O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4−5 aprel kunlari Rossiyaga uyushtirgan davlat safari davomida umumiy qiymati 16 mlrd AQSH dollariga yaqin bo‘lgan 50 dan ziyod hujjatlar imzolandi.

Uchrashuvlar natijalari bo‘yicha qo‘shma bayonotda O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona aloqalar teng huquqlilik asosida o‘zaro manfaatlar hisobga olingan holda yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirishdi.

Imzolangan hujjatlar ro‘yxati

  1. Prezidentlarning qo‘shma bayonoti.
  2. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha kelishuv.
  3. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv.
  4. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta’sis etish bo‘yicha kelishuv.
  5. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim va fan sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv.
  6. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv.
  7. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Rossiyaning fuqarolik va harbiy ahamiyatga molik yuqori texnologiyali mahsulotlarni barpo qilish, ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan «Rostex» davlat korporatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi.
  8. «YeVROSEMENT grup» va «O‘zqurilishmateriallari» Aksionerlik jamiyati o‘rtasida qurilish sanoati hamda modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandum.
  9. O‘zbekiston metallurgiya sanoati, neftgaz kimyosi va kon sanoatida Rossiya kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalari bo‘yicha kelishuv.
  10. O‘zbekiston hamda Gas Project Development Central Asia, ALTMAX HOLDING va «O‘zneftgazqazibchiqarish» AK investorlar konsorsiumi o‘rtasida O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasis qurilishi hamda «Mustaqillikning 25 yilligi» konida razvedka jarayonini yakuniga yetkazish va ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsion blokiga nisbatan mahsulotlarni bo‘lishish to‘g‘risidagi kelishuv.
  11. «Gazprom eksport» va «O‘ztransgaz» o‘rtasida tabiiy gaz xarid qilish bo‘yicha shartnoma.
  12. «Gazprom» OAJ va «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, injiniring-innovatsion ishlarni olib borish bo‘yicha kelishuv.
  13. «Gazprom» OAJ va «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha memorandum.
  14. Rossiya Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki («Vneshekonombank») va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘rtasida hamkorlik qilish haqida kelishuv.
  15. Rossiya Federal bojxona xizmati va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi tartibi bo‘yicha kelishuv.
  16. Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi o‘rtasida fitosanitariya talablari asosida meva va sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha kelishuv («Yashil yo‘lak»).
  17. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv.
  18. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya) va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv.
  19. I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) va Toshkent Tibbiyot akademiyasi (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv.
  20. «A.V.Vishnevskiy nomidagi jarrohlik instituti» (Rossiya) va Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik markazi (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  21. «N.I.Pirogov nomidagi Milliy tibbiy-xirurgik markazi» (Rossiya) va Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik markazi (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  22. A.N Bakulev nomidagi yurak-tomir xirurgiyasi Ilmiy Markazi (Rossiya) va Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik markazi (O‘zbekiston) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  23. V.A.Almazov nomidagi Sankt-Peterburg tibbiyot markazi va «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  24. Akademik N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya ilmiy markazi va Neyroxirurgiya Respublika ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  25. I.I. Janelidze nomidagi ilmiy tekshirish instituti va Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  26. N.V.Sklifosovskiy nomidagi Moskva shahar Sog‘liqni saqlash departamentining tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti va Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  27. «Krassvetmet» OAJ va «O‘zkimyosanoat» AJ o‘rtasida katalizatorni tayyorlash, sanoat korxonalari uskunalarini tozalash, qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan materiallarni markazlashtirilgan holda to‘plash va qayta ishlovchi qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha memorandum
  28. Federal g‘aznachilik va O‘zbekiston Moliya vazirligining texnik hamkorligi haqida Memorandum.
  29. «Gazprombank» va «Oriyent Finans» o‘rtasida kelishuv.
  30. «Gazprombank» AJ va «Asaka» ATB o‘rtasida Toshkentda metallurgiya zavodini qurish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitim.
  31. «Dalneye» konini o‘zlashtirish" loyihasini amalga oshirish doirasida mis-boyitish majmuasini qurish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuv.
  32. Rossiya Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» MXK o‘rtasida 500 ming tonna neft yetkazish bo‘yicha memorandum.
  33. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti hamda «O‘zbekneftegaz» MHK o‘rtasida anglashuv memorandumi.
  34. Yangi va qayta ishlangan meva va sabzavotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar.
  35. «O‘zneftgazmash» OAJ bazasida hamkorlikda ta’mirlash korxonasini tuzish bo‘yicha ta’sis hujjatlari.
  36. «IZ-KARTEKS» zavodida tayyorlangan ekskavatorlarni (21 dona) yetkazib berish bo‘yicha kelishuv.
  37. Rossiya tadbirkorlar va sanoatchilar ittifoqi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida shartnoma.
  38. «Rostselmash» kombayn zavodi va «Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.
  39. «ZA Grupp» va «O‘zbekengilsanoat» AJ o‘rtasida hamkorlik kelishuvi.