Chorshanba kuni Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz"da Event Expo-2017 hodisalar ko‘rgazmasi doirasida retro-avtomobillar ekspozitsiyasi ochildi. Ishlab chiqarilganiga eng kamida 55−60 yil bo‘lgan 20 dan ziyod noyob avtomobillar va 12 ta mototsikl «RETRO UZ avtomobilchilar klubi» ishtirokchilari tomonidan namoyish etilmoqda.

Ekspozitsiyada «Pobeda» M-10 i M-20 kabrioletlari, Moskvich-401, 403, 407, 412, afsonaviy «Zaporojets» ZAZ-965 (1960−1969), ikkita GAZ-69 modeli va mashhur harbiy «Polutorka» — GAZ MM (1938−49) taqdim etilgan. Eng «yosh» eksponat — «Jiguli», eng eskisi esa — «Mersedes» 1937 yil.

Nodir mototsikllar orasida — 1977 yilgi ZiF-77 velomotori, 1967 yilgi «Verxovina» mopedlari va 1970 yilgi «Riga-16», yengil mototsikllardan 1947 yilda ishlab chiqarilgan «Moskva» va M-103, shuningdek, 1947−1970 yillardagi Sobiq Ittifoq hamda xorij mototsikllari namoyishga qo‘yilgan.

Ko‘rgazma 7 aprelgacha davom etadi va barcha xohlovchilar uchun bepul.

Foto