Odiljon Tojiyev O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi etib saylandi, deb xabar qilindi harakat saytida. Mazkur qaror kengashning 5 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.

Odiljon Tojiyev (1984 yilda tug‘ilgan) — Toshkent islom universiteti bitiruvchisi (2006 yil), mutaxassisligi — huquqshunos. 2014−2015 yillarda harakatning Toshkent viloyati kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan, 2015 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

«Kamolot"ning avvalgi yetakchisi Bahodir G‘aniyev yanvar oyi so‘ngida Prezident Devonining yoshlar masalalari bo‘yicha sektori rahbari etib tayinlandi. Harakatga esa «Kamolot» raisining o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi Sarvar Ashurov vaqtincha rahbarlik qildi.