O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941−1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 72 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda ushbu pul mukofotini tantanali va bayramona vaziyatda topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili urush qatnashchilari va nogironlariga bayram munosabati bilan 800 ming so‘mdan pul mukofoti topshirilgan edi.