Taniqli telejurnalist Bobur Alixonov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining axborot dasturlari uchun mas’ul o‘rinbosari etib tayinlandi.

«Gazeta.uz"ning teleradiokompaniyadagi axborot manbasining xabar qilishicha, mamlakat Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi qarori tasdiqlandi.

Bobur Alixonov (1962 yilda tug‘ilgan) uzoq yillar davomida «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» informatsion xizmatiga rahbarlik qilgan. So‘nggi oylarda Toshkentda muhim hodisalarni yoritish uchun tashkil etilgan press-klub moderatorlaridan biri sifatida ham faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Fevral oyi boshlarida Milliy teleradiokompaniya raisi lavozimiga unga qadar axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bo‘lgan Xurshid Mirzohidov tayinlangan edi.