Dushanba kuni Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha eng yaxshi loyihalar xalqaro tanlov ko‘rgazmasi ochildi. Tashrif buyuruvchilar diqqatiga O‘zbekiston, Turkmaniston, Ukraina, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya va Avstraliyadan 58 nafar muallif tomonidan taqdim etilgan 68 loyiha namoyish etildi.

«Ko‘plab xorijlik haykaltaroshlar tanlovda ishtirok etish istagini bildirdi, — dedi Badiiy akademiya raisi Akmal Nuriddinov. — Germaniyalik hamkasblarimizdan uchta, Janubiy Koreya va ukrainaliklardan ikkitadan ishni qabul qilib oldik, Italiya va Turkmaniston mualliflari ham qiziqarli namunalar tayyorlashibdi».

Birinchi Prezident haykali Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlariga o‘rnatiladi.

Foto