«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Toshkentdan Dushanbega 4 aprelga belgilangan birinchi parvozi yo‘lovchilar yetishmasligi sababli bekor qilindi. Bu haqda MAK matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

«Reys yo‘lovchilar yetishmasligi sababli bekor qilindi», — deya oydinlik kiritildi aviakompaniyada. Yangi reys sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Avvalroq xabar qilinganidek, «Toshkent-Dushanbe-Toshkent» reysi parvozlari MAK parvoz jadvaliga kiritilgan bo‘lib, ularni seshanba va shanba kunlari amalga oshirish rejalashtirilgan. Chiptalar mart oyi boshidan buyon sotilmoqda.