Navoiy mikrotumanlaridan birida sinov tariqasida maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun yer osti konteynerlari o‘rnatildi. Naveco nomini («Navoiy» va «ekologik» so‘zlaridan) olgan loyiha hususiy «Tejamkorlik» ishlab chiqarish korxonasi tashabbusi hisoblanadi.

Metall chiqindi baklari yer ostida 2 metr chuqurlikda joylashgan. Ular yuqorisiga eshikcha va oziq-ovqat va qattiq maishiy chiqindilarni alohida tashlash ko‘rsatilgan taxtachasi bo‘lgan ikkita ustun o‘rnatilgan. Chiqindi tashuvchi mashinaga ulanadigan ko‘tarish mexanzmi 1,5 daqiqada konteynerni yuqoriga olib chiqib, yana qaytadan shaxtaga olib tushadi (barcha jarayonlar quyida berilgan suratlarda aks etgan).

Naveco loyihasini amalga oshirish uchun Navoiy hokimiyati 1 ta mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan va 11 ming nafardan ziyod fuqaro istiqomat qiluvchi 9-mikrotuman hududidan joy ajratib berdi. Yetti joyda ana shunday yer osti konteynerlari o‘rnatildi. Chiqindilarni tashish uchun kredit mablag‘lari hisobidan maxsus mashina xarid qilindi. Mikrotuman aholisi uchun tunu kun murojaat va shikoyatlarni qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan aloqa raqamlari ishga tushirildi.

Foto