O‘zbekistonlik dzyudochi Shahzodbek Sobirov Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqaning Gran-pri bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 31 mart-2 aprel kunlari o‘tkazilgan musobaqada 36 mamlakatdan 252 sportchi ishtirok etdi.

90 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Shahzodbek Sobirov vengriyalik Gabor Verga qarshi bronza finalida bellashdi. O‘zbekiston vakilining muddatidan avval g‘alaba qozonishi uchun bir necha soniyalar kifoya qildi.

O‘zbekistonlik sportchi terma jamoa zaxirasiga G‘iyosjon Boboyevning «oltin"idan keyingi ikkinchi medal bo‘ldi.

Shahzodbek Sobirovning muddatidan avvalgi g‘alabasi videosi