O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri metrosidagi portlash natijasida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Dushanba kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatida portlash sodir bo‘ldi. Seshanba kunidan Sankt-Peterburg shahrida uch kunlik motam e’lon qilindi.