Podpolkovnik Elbek Xayrullayev Toshkentning Yunusobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIVning «Postda» nashri.

IIBning avvalgi boshlig‘i Nematullo Haydarov mazkur lavozimda bir oydan kamroq muddat faoliyat ko‘rsatdi.

O‘tgan shanba kuni tumanga mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan, shundan so‘ng Yunusobod tumani hokimi Mira’zam Mirqosimov vazifasidan ozod qilingani ma’lum bo‘lgan edi.