O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoni qayta tiklandi.

27−30 mart kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, do‘stona muhitda va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida 2017 yil uchun muzokaralar rejasi kelishib olindi.