Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat 17 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 28 martda Senat tasdig‘idan o‘tgan edi.

Senat axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qonun sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish, sudlar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolarning adolatga ishonchini oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari, «Sudlar to‘g‘risida"gi va «Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritildi.

Qonunda ko‘zda tutilgan barcha o‘zgartishlar 2017 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Qonunning to‘liq matni