2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi Fazliddin G‘oyibnazarov 22 aprel kuni Karmonda (Kaliforniya, AQSH) professional ringdagi debyut jangini o‘tkazadi. Bu haqda 25 yoshli bokschining Instagram-sahifasida xabar qilindi.

BoxRec ma’lumotiga ko‘ra, bekobodlik bokschining raqibi 21 yoshli Viktor Vaskes (7−2−9, 3 KO) bo‘ladi. Bu Fazliddin G‘oyibnazarovning 2016 yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridan keyingi ilk jangi bo‘ladi. Bokschi o‘ziga «Fayzi» taxallusini tanladi.

Avvalroq o‘zbekistonlik sportchi eng taniqli promouterlik kompaniyalaridan biri − Top Rank bilan shartnoma imzolagan edi. Top Rank bilan bokschilar orasida Menni Pakyao, Muhammad Ali, Xuan Manuel Markes, Oskar De La Xoyya, Floyd Meyvezer, Jo Freyzer, Jorj Forman, Aleksis Arguelo, Roberto Duran, Vasiliy Lomachenko va boshqalar ishlagan, birgalikda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Foto: ringtv.com.

Mashg‘ulot (Video)