«Dori-Darmon» farmatsevtika kompaniyasi joriy yilda Damas avtomobillari bazasida 40 dona ko‘chma dorixonani tashkil etadi. Ular olis tumanlar aholisini dori vositalari bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bunday ko‘chma dorixonalar soni 154 taga yetadi. Ayni paytda Isuzu izometrik avtofurgonlari bazasida 14, Damas avtomobillari bazasida esa 100 dona dorixona harakatlanmoqda.

2016 yilda «Dori-Darmon» harakatdagi dorixonalari tomonidan 7,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar sotildi.