O‘zbekistonda 50 ta tez tibbiy yordam avtomobili ehtiyoj baland hududlarga berildi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Mazkur maqsadda zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlangan Damas Amb modellari xarid qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida 2017 yilning o‘zida 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari xarid qilinishi belgilangan.