«Agrobank» ATB kichik biznes sub’ektlari, oilaviy korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularga qo‘shimcha imtiyozva imkoniyat yaratish maqsadida o‘z mijozlariga yana bir qulaylikni taklif etadi.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab barcha turdagi milliy valyutadagi korporativ plastik kartalarga mablag‘lar o‘tkazish uchun haq olinmaydi. Endilikda bankning ushbu xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish mumkin.

Mijozlarga onlayn plastik kartalardagi qoldiq mablag‘lariga yuqori foizli qo‘shimcha haq hisoblanadi.

1 apreldan boshlab pensionerlar va boshqa barcha mijozlarning plastik kartalari hisobvarag‘idagi qoldiqlarga belgilangan miqdorda foizlar hisoblab boriladi.

Mablag‘larning plastik kartada saqlash muddatlariga qarab, foizlar qo‘shilib boradi. Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslarga yana boshqa qulayliklar ham yaratiladi.

«Agrobank» tomonidan joriy etilgan ushbu yangi xizmat turlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni bankning joylardagi filiallaridan yoki agrobank.uz sayti orqali olish mumkin.

Tez orada «Agrobank"dan yanada ko‘proq yangi imkoniyat va imtiyozlarni kuting.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.