O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov seshanba kuni Moskvada Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedov bilan uchrashdi. Abdulla Aripovga O‘zbekistonning qator vazirlik va mahkamalari rahbarlari hamrohlik qilmoqda.

Muzokaralar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aprel oyi avvalida rejalashtirilgan Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘tkazildi. Ikki davlat rahbarlari turli yo‘nalishlar, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik bo‘yicha ulkan hujjatlar to‘plamini imzolashlari lozim.

Abdulla Aripovning qayd etishicha, imzolash rejalashtirilgan hujjatlar ikki davlat hamkorligini yangi darajaga ko‘tarishga imkon tug‘diradi.

«Mamlakatlarimiz yaqin, o‘rtamizda har doim juda do‘stona, hamkorlik munosabatlari bo‘lgan va biz mazkur aloqalar jadal va olg‘a rivojlanib borishidan manfaatdormiz», — deya ta’kidladi, o‘z navbatida Dmitriy Medvedev.