Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyada o‘tadigan JCH-2018 Osiyo saralash bosqichi 7-turi doirasida Qatar jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. 28 mart kuni bo‘lib o‘tgan uy uchrashuvi 1:0 hisobida yakunlandi.

Yagona gol 65-daqiqada milliy jamoa sardori Odil Ahmedov tomonidan jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida urildi.

7-turdan so‘ng O‘zbekiston 12 ochko bilan, A guruhidagi uchinchi o‘rnini saqlab qoldi. 4 ochkoga ega Qatar mundialning final bosqichiga chiqishdan mahrum bo‘ldi. Guruhda Eron 17 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Xitoydan 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, Suriyani 1:0 hisobida yutgan Koreya Respublikasi (13) ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Samvel Babayan jamoasining keyingi uchrashuvi 12 iyun kuni Eronda bo‘lib o‘tadi.

Video

Ssыlka na YouTube

Statistika

Foto