O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28 mart kuni Navoiy viloyatiga keldi, deb xabar qildi O‘zA.

Prezident yil boshidan buyon Toshkentdagi turli ob’ektlarga tashrif buyurishdan tashqari, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Buxoro viloyatlari, Surxondaryo va Qashqadaryoda ham bo‘ldi.