26 mart kuni soat 17:05 atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Uchterak qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 69-kilometrida «G‘azalkent-Chimyon» yo‘nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15−20 metr bo‘lgan yo‘lning qatnov qismida ko‘chki yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, 27 mart kuni soat 09:00 atrofida ushbu ko‘chki sodir bo‘lgan joyning maydoni 4−4,5 metr kenglikka va 35−40 metr uzunlikka kattalashgan.

Sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida mahalliy axoliga va turar-joy binolariga zarar yetmagan.

Tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilgunga qadar «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 58 km dan 71 km gacha qismida avtomobillarning harakatlanishi to‘xtatilgan