27 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili, MDHga a’zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg‘armasi (GHDJ) boshqaruvi hamraisi Mixail Shvidkoyni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv chog‘ida madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida dinamik rivojlanayotgan aloqalarning muhim qismi sifatida muhokama qilindi.

Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyida O‘zbekiston Milliy muzeyi jamg‘armasining katta miqdordagi rassomchilik va grafika asarlari, arxeologiya topilmalari va amaliy san’at ishlari taqdim etiluvchi bo‘lajak «Sharq xazinasi» nomli keng miqyosli ko‘rgazma, shubhasiz, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarida hamda Moskva madaniy hayotida timsoliy voqeaga aylanadi, deyiladi xabarda.

Suhbat davomida o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev, GHDJ ijochi direktori Anatoliy Iksanov ishtirok etdi.