O‘zbekiston va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kengashi Qizil kitobiga kiritilgan 19 bosh lochin 25 mart kuni Toshkent viloyatida tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborildi, deb xabar qildi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga. Aksiya Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Tugan Falconry Club pitomnigi tomonidan tashkil etildi.

Qushlar 2016 yil avgustida brakonerlar qo‘lidan olib qo‘yilgan bo‘lib, qonuniy qaror qabul qilingunga qadar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davbionazorat inspeksiyasiga topshirilgan edi.

Lochinlar holati mutaxassislar tomonidan qoniqarsiz baholangani sababli holsizlangan kuchli stressdan aziyat chekkan jonivorlar Tugan Falconru Club jamiyati tasarrufidagi yovvoyi va noyob qushlarni asrash va ko‘paytirishga ixtisoslashgan pitomnigiga topshirildi.

Video