Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Oksana Chusovitina Doxada o‘tgan (Qatar) Jahon kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi musobaqa matbuot xizmati. 22−25 mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada 120 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p ishtirok etgan sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina tayanib sakrashda 14,166 ball to‘plagan holda musobaqa oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish joizki, o‘zbekistonlik gimnastikachi fevral oxiridan buyon xalqaro musobaqalar va Jahon kubogi bosqichlarida to‘rtta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Video