O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi, deb xabar qildi O‘zA.

Kichik halqa yo‘li va temir yo‘l ustidan o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich 2008 yilda demontaj qilingan edi. Yo‘l o‘tkazgichning mavjud eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi.

Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. Bu ishlar haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini oshiradi.