O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Dmitriy Medvedev 28 mart kuni Moskvada iqtisodiyot sohasida ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qiladi, deb xabar berdi RIA Novosti RF hukumati matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda.

Ikki mamlakat rahbarlarining savdo-iqtisodiy hamkorlik, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar jabhalarda aloqalar masalalarini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda.