24 mart kuni Toshkent va O‘zbekiston hududlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari talabalari hamda bitiruvchilari, shuningdek, AT yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarini tamomlaganlar uchun har yili o‘tkaziladigan yarmarkada 100 ga yaqin korxona, tashkilot, bank hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishtirok etadi. 20 mingga yaqin yoshlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Yarmarkalar o‘tkaziladigan joylar:

  • Toshkent — TATU (Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy);
  • Samarqand — TATUning Samarqand filiali (Shoxruh Mirzo ko‘chasi, 37a);
  • Farg‘ona — TATUning Farg‘ona filiali (Mustaqillik ko‘chasi, 185a);
  • Qarshi — TATUning Qarshi filiali (Beshkent shossesi, 3 km);
  • Urganch — TATUning Urganch filiali (al-Xorazmiy ko‘chasi, 110);
  • Nukus — TATUning Nukus filiali (Dosnazarov ko‘chasi, 74);
  • Andijon — Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (L. Tolstoy ko‘chasi, 36);
  • Namangan — Namangan transport va AT kasb-hunar kolleji (8 mart ko‘chasi, 6);
  • Jizzax — Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kolleji (Sh. Rashidov ko‘chasi, 259);
  • Buxoro viloyati — Jondor sanoat kasb-hunar kolleji (Mahmud Tarobiy ko‘chasi, 1);
  • Navoiy — Navoiy axborot va elektron sanoat kasb-hunar kolleji (G‘alaba shoh ko‘chasi, 228);
  • Termiz — Termiz AT va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji (A.Navoiy ko‘chasi, 41);
  • Guliston — Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (Sh. Rashidov ko‘chasi, 49).

Yarmarka 10:00 da boshlanadi.