O‘zbekiston futbol termasi 2018 yilgi jahon chempionati Osiyo saralash bosqichi oltinchi turi doirasida Suriya jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. 23 mart kuni Malayziyada bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 91-daqiqasida himoyachi Yegor Krimets jarima maydonchasida qo‘pol ravishda qoida buzgani sababli hakam tomonidan belgilangan jarima to‘pini raqib jamoa hujumchisi Umar Xarbin aniq amalga oshirdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng Samvel Babayan jamoasi 9 ochko bilan «A» guruhidagi uchinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, bugungi o‘yindan so‘ng 8 ochko jamg‘argan Suriya termasi to‘rtinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamlab oldi. Guruh yetakchisi Eron termasi hisobida 11 ochko bo‘lib, ushbu jamoa hisobida Qatar (4) bilan kechuvchi bitta o‘yin mavjud. Kutilmaganda Xitoyga (5) 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan Janubiy Koreya (10) ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Video