O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni Ostona shahrida “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo‘ydi, deb xabar qildi O‘zA.

Ushbu monument Prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan 2001 yil Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan.

Davlat rahbari tinchlik, ozodlik yo‘lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Yodgorlik majmuasi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxtidagi Davlat rahbarlari xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi. Bu yerda Birinchi Prezident Islom Karimov ekkan daraxt baravj o‘smoqda.