2016-yilda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan 133 ta favqulodda vaziyatda 342 kishi jabrlanib, 258 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya guvohlik bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi e’lon qilgan statistik ma’lumotlar. Bir yil muqaddam esa 162 ta FV qayd etilib, ular oqibatida 284 kishi jarohatlangan, 315 kishi vafot etgan edi.

Barcha favqulodda vaziyatlarning 66 tasi texnogen, 67 tasi tabiiy xususiyatga ega (2015-yilda — mos ravishda 105 va 57 ta). Texnogen xarakterdagi FVda 139 kishi jabrlandi (233) va 175 kishi (218) vafot etgan bo‘lsa, tabiiy xususiyatdagi holatlarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 203 (51) va 83 (97) nafarni tashkil etdi.

O‘tgan yili favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zararlar miqdori 7,783 trln so‘mni (o‘tgan yili — 4,5 trln so‘m) tashkil etdi.