19 mart kuni 21:00 dan Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXB xabar qildi.

Jumladan, Labzak ko‘chasi — Zulfiyaxonim ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha hamda Qorasaroy ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

Ushbu ko‘cha uchastkalari Navro‘z bayrami yakunlanganidan so‘ng qayta ochiladi.

Bundan tashqari, xalq sayllari o‘tkaziladigan joylar yaqinida ham, zarurat tug‘ilgan taqdirda, harakat vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.