O‘zbekiston Prezidentining 18 martdagi farmoni bilan Rustam Djo‘rayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Bungacha Rustam Djo‘rayev Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

FVVning avvalgi rahbari Tursinxan Xudaybergenov o‘tgan yilning dekabridan Prezidentning fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.