27 mart, dushanba Afisha.uz Pixland.uz Spot.uz

Foto: Шуҳрат Латипов / «Газета.uz»

Uzbek Tigers jamoasi China Dragons jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (+foto)

«O‘zbek arslonlari» uyda «Xitoy ajdarlari"ni mag‘lub etgan holda Jahon boks seriyasidagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uzbek Tigers jamoasi Jahon boks seriyasi VII mavsum to‘rtinchi turi doirasida China Dragons jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. 18 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan barcha besh uchrashuv «O‘zbek arslonlari» foydasiga yakun topdi — 5:0.

Kechaning birinchi jangida 52 kg gacha vazn toifasida 22 yoshli Abrorjon Qodirov (2−4) ringga chiqdi. Unga 2011 yilgi Osiyo chempioni 29 yoshli Chan Yun (2−3) raqiblik qildi. O‘zbek bokschisi jang davomida raqibi ustidan yaqqol ustunlik qilib, yakunda hakamlarning bir ovozdan g‘olib sanalishiga erishdi — 3:0 (50/44, 50/45, 49/46).

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi 22 yoshli Murodjon Ahmadaliyev (2−2) WSB 20 yoshli Van Sen (0−1) bilan kuch sinashdi. Bellashuv boshidan hujumkor jang namoyish etgan chustlik bokschi raqibini 3:0 (50/43, 50/44, 50/44) hisobida mag‘lub etdi.

Olimpiada-2016 kumush medali sohibi 23 yoshli Shahram G‘iyosov (1−2) 69 kg gacha vazn toifasida 2015 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi 29 yoshli Lyu Vey (3−8) bilan bellashib, g‘olib bo‘ldi, hisob — 3:0 (50/42, 50/45, 50/43).

Olimpiada-2016 kumush medali sohibi Bektemir Meliqo‘ziyev (2−1) esa yangi 81 kg gacha vazn toifasida 25 yoshli Xuan Szyabin (1−2) qarshiligini yengib o‘tishi lozim edi. Biroq uning raqibi birorta ham raundda g‘olib chiqa olmadi, o‘zbekistonlik sportchi 0−3 hisobida ustunlikka erishdi.

Superog‘ir +91 kg vaznda 22 yoshli Bahodir Jalolov (1−1) 21 yoshli Mu Xaypenga (1−2) qarshi ringga ko‘tarildi. Jang ikkinchi raundda yakuniga yetdi — Bahodir Jalolovning yon tomondan bergan zarbasiga raqib dosh bera olmadi.

To‘rt uchrashuvdan so‘ng «O‘zbek arslonlari» 6 ochko bilan «S» guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Xitoy ajdarlari» hisobida ham 3 ochko bor. Ushbu guruhda yuz foizlik natija bilan Qozog‘istonning Astana Arlans (12 ochko) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Rossiyaning Patriot Boxing Team (4 ochko) jamoasi Qozog‘iston jamoasidan 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng uchinchi pog‘onaga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbek Tigers jamoasining navbatdagi uchrashuvi 1 aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasiga qarshi kechadi.

Foto

Izoh qoldirish

O`zingiz ro`yxatdan o`tgan xizmatlardan (OpenID yoki OAuth) biri yordamida Avtorizatsiyadan o`ting:

Chiqish

Rahmat, sizning izohingiz sayt tahririryatiga tekshirish uchun omadli jo`natildi.
Faqatgina qiziqarli va ma`lumotga ega izohlar chop etiladi.

reklama



So`nggi yangiliklar

ENG KO`P O`QILGAN XABARLAR