Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati xalq bilan yaqin aloqada bo‘lish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi.

Sahifa tuman hokimi Sherzod Kudbiyev tashabbusi bilan ishga tushirildi. «Hokimiyat mahalliy ahamiyatga molik muammolarni samarali hal etish uchun xalqqa maksimal yaqinlashishi lozim», — deyiladi sahifadagi xabarda.

Muloqotning yangi shakli yordamida tuman ma’muriyati nafaqat aholini o‘z faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish, balki ularning fikrini o‘rganishni ham maqsad qilgan. «Nazarimizda ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarni tashkil etish — sizlar bilan hamkorlik qilishning eng samarali usulidir», — deyiladi ommaviy manba foydalanuvchilariga murojaatda.