Uzbek Tigers Jahon boks seriyasi to‘rtinchi turi doirasida China Dragons jamoasi bilan uy uchrashuvini o‘tkazadi. Janglar 18 mart kuni 19:00 da poytaxtdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida o‘tkaziladi.

Uch uchrashuvdan so‘ng «O‘zbek arslonlari» 3 ochko bilan «S» guruhida so‘nggi o‘rinni band etib turibdi. «Xitoy ajdarlari» hisobida ham 3 ochko bor, biroq ular o‘zbek jamoasi bilan birinchi uchrashuvda g‘alaba qozongan. Ushbu guruhda yuz foizlik natija bilan Qozog‘istonning Astana Arlans (9 ochko) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Rossiyaning Patriot Boxing Team (4 ochko) jamoasi ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kechaning birinchi jangida 52 kg gacha vazn toifasida 22 yoshli Abrorjon Qodirov (1−4) ringga chiqadi. Unga 2011 yilgi Osiyo chempioni 29 yoshli Chan Yun (2−2) raqiblik qiladi.

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi 22 yoshli Murodjon Ahmadaliyev (1−2) WSB yangi mavsumi arafasida bir vazn toifasi yuqoriladi — 60 kg gacha. Unga 20 yoshli Van Sen (0−0) raqiblik qiladi.

Olimpiada-2016 kumush medali sohibi 23 yoshli Shahram G‘iyosov (0−2) 69 kg gacha vazn toifasida 2015 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi 29 yoshli Lyu Vey (3−7) bilan bellashadi.

Olimpiada-2016 kumush medali sohibi Bektemir Meliqo‘ziyev (1−1) yangi 81 kg gacha vazn toifasida 25 yoshli Xuan Szyabin (0−2) qarshiligini yengib o‘tishi lozim.

Superog‘ir +91 kg vaznda 22 yoshli Bahodir Jalolov (0−1) 21 yoshli Mu Xaypenga (1−1) qarshi ringga ko‘tariladi.

Juftliklar tarkibi

52 kg gacha: Abrorjon Qodirov — Chan Yun

60 kg gacha: Murodjon Ahmadaliyev — Van Sen

69 kg gacha: Shahram G‘iyosov — Lyu Vey

81 kg gacha: Bektemir Meliqo‘ziyev — Xuan Szyabin

+91 kg: Bahodir Jalolov — Mu Xaypen