8 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Suhbat davomida O‘zbekison-Rossiya kun tartibining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida tashrif yakunlariga ko‘ra imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan qo‘shma ishlarga alohida e’tibor qaratildi.